"2021 yilda sudlarga yuborilgan korrupsiyaga oid jinoyat ishlari bank sohasida 300 foizga, ta’lim tizimida 120 foizga ortdi" – Tanzila Norboyeva
2021 yilda sudga yuborilgan jinoyat ishlari soni o‘tgan yilga nisbatan bank sohasida 300 foizga, ta’lim tizimida 120 foizga hamda sog‘liqni saqlash sohasida 100 foizga ortgan. Bu haqda bugun, 5 aprel kuni Senatda bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisida Kengash raisi Tanzila Norboyeva ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga oid jinoyatchilikka qarshi kurash borasida olib borilgan amaliy chora-tadbirlar ushbu ushbu jinoyatlarni fosh qilish darajasi ortganligini ko‘rsatmoqda.
«Xususan, 2021 yilda 5 483 nafar shaxsga nisbatan 3 769 ta korrupsiyaviy jinoyat ishlari sudlarga oshirilgan. Ya’ni sudga yuborilgan jinoyat ishlari hamda javobgarlikka tortilgan shaxslar soni o‘rtacha 3 baravarga ko‘paygan. Korrupsion jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda undirib kelinmoqda.
Sudlarga yuborilgan jinoyat ishlarining har uchtadan bittasi, e’tibor qiling – sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank tizimi xodimlari tomonidan sodir etilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan keskin choralar natijasida sudga yuborilgan jinoyat ishlari soni o‘tgan yilga nisbatan bank sohasida 300 foizga, ta’lim tizimida 120 foizga hamda sog‘liqni saqlash sohasida 100 foizga ortgan», – deya Senat raisining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, rasmiylar tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda to‘g‘ridan to‘g‘ri poraxo‘rlik bilan emas balki, firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish ko‘rinishidagi jinoyatlarni sodir etish holatlari ko‘payayotganini qayd etdi.
«Albatta, bu bilan jamoatchilik ongida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatchilik ortmoqda, degan bir tomonlama fikr shakllanishi kerak emas. Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini olib borishda davlat rahbarining qat’iy irodasi turibdi», – dedi Tanzila Norboyeva.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
Mavzuga oid

12:56 / 14.06.2025
O‘zbekistonda Better Cotton dasturi qamrovi kengaytiriladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

13:44 / 30.05.2025