Bugun, 5 aprel kuni Senatda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Majlis davomida davlat xaridlari, soğliqni saqlaş va boşqa yönalişlarda amalga oşirilayotgan işlar, yutuq va kamçiliklar muhokama qilindi, ayrim raqamlar oçiqlandi.
Qayd etilişiça, 2019 yilda 8 092 ta yöl-transport hodisasida, jami 9 ming 990 nafar fuqaro jarohatlanib, şundan 2 ming 67 nafari halok bölgan bölsa (ölim körsatkiçi 20,7 foiz), 2020 yilda 6 982 ta YTHda 8 ming 553 nafar fuqaro jarohatlanib, 1 ming 962 nafari halok bölgan (ölim körsatkiçi 23 foiz).
2021 yilda esa 10 001 ta yöl-transport hodisasida 9 ming 230 nafar fuqaro jarohatlanib, 2 ming 436 nafari halok bölgan (ölim körsatkiçi 21 foiz).
Bundan oldin Toşkentda YTHlar köproq qaysi tumanlarda yuz berişi ma’lum bölgandi.
Ötgan yil poytaxtda jami 1 073 ta yöl-transport hodisasi sodir etilgan, ularning 114 tasi ölim bilan boğliq bölib, 142 nafar fuqaro vafot etgan.
Yöl-transport hodisalari köproq Çilonzor, Yunusobod va Olmazor tumanlarida röy bergan. Sabablari aholi soni, yöllar uzunligi va röyxatdan ötgan transport vositalari salmoği köpligi, mazkur tumanlar poytaxtni viloyat hududi bilan boğlaşi, transport vositalari şahar hududiga kirib-çiqişi yuqoriligi bilan izohlangan.
















