Taqdimotda «Delaver» nomli yangi atom suvosti kemasi namoyiş etildi. 2020 yil ötişi rejalaştirilgan namoyiş koronavirus pandemiyasi sabab ortga surilgan edi.

«Delaver» AQŞ harbiy dengiz kuçlarining yangi turdagi submarinasi bölib, «Virjiniya» sinfidagi 18-tezkor zarbavor suvosti kemasiga aylandi. U duşman suvosti va suv ustidagi kemalarini topib yöq qilişga möljallangan bölib, 136 nafar ekipajdan iborat böladi. AQŞ harbiy dengiz kuçlari ma’lumotiga köra, yangi suvosti kemasi «Tomagavk» qanotli raketalari bilan zarba bera oladi.

Foto: AP

115 metr uzunlikdagi kema suv tubiga 245 metrgaça şönğib, 25 uzel tezlikda harakat qila oladi. «Delaver» yadro yonilğisini 30 yilgaça almaştirmay harakatlanişi mumkin. XXI asrda ilk marta harbiy kemaga Delaver ştati nomi berilgan. AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden 36 yil davomida mamlakat senatiga aynan Delaver ştatidan saylangan.

Taqdimotda qatnaşgan Bayden rafiqasi bilan kemaga çiqib nutq sözladi: «Boş qömondon sifatida şuni aytmoqçimanki, qaynoq nuqtalarga yuborilayotgan askarlarimizni yaxşi tayyorgarlikdan ötkaziş, ortga qaytgaç, ular va oila a’zolariga ğamxörlik qiliş millat sifatida bizning vazifamizdir», degan Bayden.

AQŞ prezidenti mart oyi oxirida Polşaning Ukraina bilan çegadagi Jyeşuv şahriga borib, AQŞ armiyasining 82-havo desantçi kuçlari diviziyasi harbiylari bilan uçraşgan edi.

Yangi atom suvosti kemasi taqdimoti Ukrainadagi uruş fonida va AQŞ mudofaa uçun rekord miqdorda (795 milliard dollar) pul sarflaşini e’lon qilgan 2022 yilga töğri keldi. Kentukkilik senator Mitç Makkonnellning aytişiça, katta pul ajratilganiga qaramay, inflatsiya sabab AQŞ mudofaa tizimi «joyida turib qolişi» ham mumkin.