O‘zbekistonda IIV YHXX huzurida “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 4 aprel kuni imzolangan qarorda ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilangan:
- yo‘l harakatini tashkil etish sohasida undiriladigan ayrim jarima, olinadigan yig‘im va to‘lovlar;
- ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari uchun har yili budjet parametrlarida dasturlar asosida ko‘zda tutiladigan mablag‘lar;
- jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga depozit hisobraqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya tarzidagi mablag‘lari;
- xalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga sarflanadi:
- yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari, ularning ehtiyot qismlari, o‘rnatish uchun belgilangan konstruksiya va qurilish materiallari hamda maxsus bo‘yoqlarini xarid qilish;
- shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish, almashtirish, saqlash, demontaj qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni moliyalashtirish;
- ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan zamonaviy maxsus texnika vositalari bilan ta’minlash, ularning xodimlari uchun har oylik va bir martalik rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
- yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalarni moliyalashtirish;
- maktabgacha ta’lim hamda xalq ta’limi vazirliklariga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirishga qaratilgan moddiy-texnik va o‘quv bazasini yaratish, shuningdek, mahallalarda bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy o‘rgatish maydonchalariga yo‘l belgilarini o‘rnatish va yo‘l chiziqlarini chizish chora-tadbirlarini moliyalashtirish.
Qarorga binoan, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tuzilmasida















