SUBeKTIV loyihasi yangi sonida ana şu bolalar duç keladigan diskriminatsiya, bu kasallikning yuqiş yöllari, OIV va OITSning farqi va boşqa muhim masalalarga e’tibor qaratdi.

2022 yil 1 fevral kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, bugungi kunda respublikada 45 ming kişi OIV infeksiyasi bilan yaşab kelmoqda.

Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoşga tölmagan bolalar taşkil etadi.

OIV infeksiyasi bilan kasallaniş körsatkiçi yuqoriligi içki migratsiya hamda aholi soni köpligi hisobiga Toşkent şahri hamda Toşkent viloyatiga töğri keladi.

2019 yilning noyabr oyida öşa vaqtdagi boş davlat sanitariya vraçi Bahrom Almatov Özbekistonda har yili 4 mingdan ortiq odamda OITS aniqlanişini aytgan edi.

SUBeKTIV'ning navbatdagi dolzarb mavzudagi körsatuvini albatta tomoşa qiling, uni boşqalarga ham ulaşing. Loyihani moddiy qöllab-quvvatlaş uçun esa quyidagi havolalarni keltirib ötamiz: