Prezident kelgusi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Eng avvalo, maktab öqituvçilarini yangi metodika asosida qayta tayyorlaş böyiça umummilliy loyiha boşlanadi.

Uşbu yangi tizim doirasida kelgusi 3-4 yilda maktablardagi barça sinf öqituvçilari yangi metodika asosida öqitiladi. Buning uçun:

  • 1 iyunga qadar har bir hududdagi Malaka oşiriş markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga örgatiş milliy ta’lim markazlari taşkil etiladi;
  • uşbu markazlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya, IT kabi aniq va tabiiy fanlar böyiça xorijdan eng malakali mutaxassislar jalb qilinadi;
  • xorijiy mutaxassislar yordamida oliygoh, milliy ta’lim markazlari va mobil guruhlarning muallimlaridan iborat har bir viloyat kesimida «trenerlar guruhlari» şakllantiriladi;
  • mazkur trenerlar esa joylarda maktab öqituvçilarining bevosita malakasini oşirib boradi. Ularning oylik iş haqiga 100 foizgaça ustamalar tölanadi.

Yuqoridagi yangi tizimlarni joriy qiliş uçun 100 million dollar qöşimça mablağ yönaltiriladi.

Prezident bu borada Qoraqalpoğiston va Samarqand tajribasini körsatib ötdi.

Misol uçun, Qoraqalpoğistondagi mobil guruhlar bir oy davomida joyida muallimlarni öqitgani natijasida ularning bilim va könikmalari 15 foizga yaxşilangan.

Samarqandda 420 nafar ilğor pedagoglar tanlab olinib, mobil guruhlar viloyatning 9 ming nafar öqituvçilar malakasini oşirişni boşlagan. 

Avloniy instituti Respublika milliy ta’lim markazi sifatida qayta taşkil etiladi va Toşkent davlat pedagogika universiteti bilan yagona tizimga aylantiriladi. 

Umuman, yangi metodikalarga öqitiş tizimi Milliy ta’lim markazi va Toşkent davlat pedagogika universitetidan boşlanadi. 

Universitet Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga ötadi, maktab öqituvçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş böyiça respublikadagi tayanç muassasaga aylantiriladi.