Rossiyadagi özbekistonlik mehnat migrantlarini qöllab-quvvatlaş mavzusiga bağişlangan matbuot anjumanida Rossiyadan qaytgan migrantlar haqida ma’lumot berildi.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği örinbosari Azizbek Yunusovga köra, 2022 yilning birinçi çoragida 193 ming nafar mehnat migranti Özbekistonga qaytib kelgan. Şulardan 133 ming nafari Rossiyadan kelgan. Şundan 50 ming nafari mart oyida qaytgan. Soliştiriş uçun 2021 yilda 502 ming mehnat migranti Özbekistonga qaytgan, şuning 280 ming nafari Rossiyadan kelganlardir.

“Bu yil, – deydi Azizbek Yunusov,– qaytib kelganlar böyiça tumanlar, mahallalarda hokim yordamçilari va mehnat organlari iştirokida mahallabay tizim asosida  uyma-uy yurib, 1 aprel holatida 128 ming nafar fuqarolarimizni örganib çiqdik”.

Azizbek Yunusov

Ma’lum qilinişiça, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadan qaytayotgan fuqarolarning qaytiş sabablarini örganiş böyiça öz sörovnomasini ötkazgan. Unda 15 mingga yaqin fuqaro iştirok etgan. 

Qatnaşuvçilarning 15 foizi işini yöqotganligi, 25 foizi valuta kursining beqarorligi sabab qaytmoqçiligini ma’lum qilgan.

Iştirokçilarning 24 foizi qaytişning ularga qiziği yöqligi, hozirgi paytda işlayotgani, agar iş joyini yöqotsa, qaytiş haqida öylab körişi mumkinligini, 36 foiz fuqaro esa Özbekistonga qaytmasligini, ularning şartnomasi borligi va iş joyini özgartiriş niyati yöqligini bildirgan.