Sultonovning keyingi iş joyi va Energetika vazirligining yangi rahbari kim bölişi hozirça ma’lum emas.
Alişer Sultonov 1967 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1989 yilda A. F. Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan . 1996−1998 yillarda «Özneftqaytaişlaş» kompaniyasida boş mutaxassis lavozimida işlagan.
1998−1999 yillarda Şörtan gaz-kimyo majmuasi qurilişida boş mutaxassis, 1999−2002 yillarda «Özbekneftgaz» kompaniyasi Şörtan qurilişi boşqarmasi boşliği sifatida işlagan. 2002−2013 yillarda «Şörtan gaz-kimyo majmuasi» unitar şu’ba korxonasiga rahbarlik qilgan.
Alişer Sultonov 2013−2015 yillarda «Özbekneftgaz» raisi örinbosari bölgan, 2015 yil avgustidan 2018 yil sentabriga qadar «Özbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2017 yil noyabridan Boş vazir örinbosari — Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat körsatgan.
2019 yil fevralida Özbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini örnatuvçi yangi vazirlik taşkil etilib, «Özbekenergo» AJ, «Özbekneftgaz» AJ, «Özbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlari mazkur vazirlikka ötkazilgan, prezident Alişer Sultonovni yangi vazirlikning birinçi rahbari etib tayinlagandi.
- Ma’lumot uçun, 2018 yil 20 avgustida, «Özbekneftgaz» raisi va boş vazir örinbosari bölgan Alişer Sultonov boş vazir Abdulla Oripov bilan birga Bekoboddan Toşkentga qaytişda yöl-transport hodisasiga uçragandi. Öşanda qarama-qarşi yönalişda harakatlangan «Damas» haydovçisi boşqaruvni yöqotib, kortejga urilgandi.
- Alişer Sultonovda çap son suyagi çiqişi, çanoq kosaçasi yopiq sinişi, kökrak qafasi 7-10 qovurğalari yopiq sinişi, boş tepa sohasi lat yeyişi qayd etilgandi.










