“Taşabbusli budjet” loyihasining 2022 yil 1-yarim yillik mavsumi uçun ğoliblar ma’lum qilindi. Navoiy viloyati böyiça eng köp ovoz olgan 124 ta taşabbus ğolib deb topildi. Ular orasida Karmana tumani Varq mahallasidagi Sangbur qişloği içki yöllariga asfalt yotqiziş ham bor.

Qişloq faoli Şerali Xoliqov tomonidan kiritilgan taşabbus qariyb 927 ta ovoz töplagan. Taklif qilinayotgan mablağ esa 800 million söm.

Qişloq aholisi ğalabani katta xursandçilik bilan qarşi olgan. Negaki, bu muammo ortidan bir neça yildan beri hokimlik va taşkilotlarga qilingan murojaatlar hamda ularga kelgan va’dali javoblar bir jild bölgan. Ammo muammo muammoligiça qolavergan, yeçim topmagan.

Sangbur qişloğida 100ga yaqin oila istiqomat qiladi. Ammo qişloqqa kirib-çiqiş uçun alohida yöl yöq. Aholi qişloq çetidan ötgan zaxkaşning himoya hududidan yöl sifatida foydalanib kelgan.

Ötgan yillar mobaynida ular haşar yöli bilan uşbu yölni şakllantiriş uçun köp miqdorda tuproq taşib keltirişgan, 4 ta köprik qurişgan. Biroq asfalt yotqizilmagani tufayli yoğinli kunlarda yöl abgor holga kelib qolavergan.

“Qişloğimizning muammosi böyiça köp taşkilotlarga murojaat qilganmiz. Lekin şu kungaça yeçim topilmasdan kelayotgandi. Haşar yöli bilan köp işlarni özimiz qildik. Lekin şularni körib ham tuman hokimining vijdoni qiynalmadi, faqat aldab keldi. Mana, özimiz orzumizni amalga oşirdik. Boşqa qişloqlar aholisiga ham şuni tavsiya qilamanki, birlaşib uşbu tizimdan foydalansa, muammolari yeçilar ekan.

Oldinlari hokim örinbosarlarining köçalariga asfalt yotqizilardi-yu, taniş-bilişi bölmagan fuqarolarning köçalari qolib ketaverardi. “Taşabbusli budjet”da esa unday emas”, – deydi Şerali Xoliqov.