«Markazlaşgan manbalar hisobidan ipoteka va ta’lim kreditlari uçun ajratiladigan mablağlar böyiça foiz stavkalarini belgilaş töğrisida»gi prezident qarori imzolandi.
Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uçun ajratiladigan resurs mablağlari böyiça foiz stavkalar 2022 yil yakuniga qadar amaldagi foizlar, ya’ni ipoteka böyiça 13 foiz, ta’lim krediti böyiça 10 foiz miqdorida saqlab qolinadi.
Bunda tijorat banklari tomonidan beriladigan ta’lim kreditlari stavkasi 14 foiz doirasida özgarişsiz qoldiriladi.
Agar Markaziy bank stavkasi 14 foizdan pasaytirilsa, maqbul ipoteka va ta’lim kreditlari foizlari ham pasayişda davom etadi.
Avvalroq, Özbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 3 foiz bandga oşirib, yillik 17 foiz darajasida belgilaş töğrisida qaror qabul qilgandi.
Şundan söng Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov asosiy stavka özgartirilgan taqdirda uning joriy kreditlarga ta’siri şartnomada belgilangan şartlar asosida bölişi haqida ma’lum qilgan. Bunda tijorat banklari va mijozlar örtasida özgarmas foiz stavkalarida tuzilgan şartnomalarga Markaziy bankning asosiy stavkasi özgarişlari ta’sir etmaydi.

















