15 apreldan boşlab Qozoğistonda buğdoy va un eksportiga çeklov joriy etiladi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari Aydarbek Saparovning sözlariga köra, bu çeklov içki bozorda taqçillik yuzaga kelişi va un işlab çiqaruvçi korxonalar zöriqişining oldini oliş uçun kiritilgan.

“2022 yil 1 aprelda Taşqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy taşkilotlarda iştirok etiş böyiça idoralararo komissiya 15 apreldan 15 iyungaça buğdoy va un eksporti uçun kvotalar joriy etiş töğrisida qaror qabul qildi. Buğdoy uçun kvota 1 million tonna, un uçun 300 ming tonnadan iborat böladi”, degan u onlayn brifingda.

Nega Qozoğiston buğdoy va un eksportini çeklayapti?

Mart oyining örtalaridan boşlab Rossiyada buğdoy eksportiga taqiq joriy qilindi. Bu çeklovlar YeOII mamlakatlariga nisbatan ham joriy yilning 30 iyunigaça amalda bölişi közda tutilgan. Qozoğiston buğdoy yetiştiriş böyiça yetakçi mamlakatlardan biri hisoblansa-da, mamlakatga ma’lum miqdorda Rossiyadan don mahsulotlari import qilinardi. 2021 yilda Qozoğistonda ğalla hosili me’yordan taxminan çorak baravarga kam bölgan. Bu esa buğdoy eksportini boj yoki kvotalar orqali çeklaş masalasini kun tartibiga çiqargan.

Ammo Rossiyadan Qozoğistonga katta miqdorda buğdoy eksport qilinişi (YeOII doirasida tovar yetkazib berişda eksport bojlari olinmasligi hisobiga ham Rossiyadan import qiliş narxlarni qimmatlaştirmaydi) mamlakat içki bozorini sezilarli darajada qöllab-quvvatlagan. Raqobat vujudga kelişi narxlarning barqarorligini ta’minlagan va Qozoğistonda yetiştirilgan don mahsulotlarining bir qismi Markaziy Osiyo davlatlariga (xususan, Özbekistonga) eksport qilingan.

Hozirgi vaziyatda Rossiyadan don mahsulotlari kelişining töxtaşi natijasida joriy yilgi hosil yiğimidan oldin narxlar oşib ketişining oldini oliş maqsadida kvotalar joriy qilinayotgan bölişi mumkin.