Nilufar Omonova – 20 yoşda, Samarqand şahrida IT'ga ixtisoslaşgan öquv markazi oçgan, parallel ravişda SamDU talabasi. Hali juda yoş bölişiga qaramay allaqaçon biznes boşlab, daromad körayotgan tadbirkor qiz özining ta’limiga rağbat bergan ota-onasi uçun yaxşi şaroitlar qilib beryapti. Dadasiga maşina sovğa qilgan, Jomboy tumanida qişloq şaroitida yaşayotgan oilasini şahardan uy olib, köçirib kelmoqçi.

“Mikrofon – qizlarda” ruknining bu sonida Nilufar Omonovaning dasturlaşni örganişi va bu yönalişda öz biznesini boşlaşigaça bölgan hikoyasini taqdim etamiz.

“Qöy-mol boqib katta bölganman, öşanda birinçi marta pul topganman”

Oilada 3 farzandmiz: men tönğiçiman. Maktab vaqtlari darsdan söng oilamga yordam bölişi uçun mol boqişga çiqardim. Parallel universitetga kiriş uçun mol boqiş jarayonida kitob ham öqirdim. Bir-ikki marta mollarim dalaga tuşib ketganida, men bilan birga mol boqadiganlar “Öqib kim ham bölarding”, deb ustimdan kulişgan. Öşanda xafa bölib, dadamga boşqa mol boqmayman, deb aytganman.

Dadam esa menga “Agar mollarni boqsang, sut-qatiğini sotgan puling özingga böladi”, degandi. Şundan söng qiziqib, mollarimni daladan töydirib keladigan böldim. Oldinlari molning sut, qatiq, suzmasini yaqindagi dökon, oşxonalarga sotib kelib, pulini onamga berardim. Endi esa özimda qoladigan böldi. Öşanda 8-9-sinflarda öqirdim, birinçi marta 50 ming sömça birinçi mablağimni işlab topganman. Maktabda eng boy öquvçilardan edim. Biror kitob kerak bölsa, qöşimça darslarga özimning pulim bölardi.

Vaqt ötib bu yönalişda ham raqobat paydo böldi. Men sut-qatiq, suzmani sotayotganimni körgan mahalla qizlari ham men olib boradigan dökon, oşxonalarga mahsulotlarini olib bora boşladi. Öşanda xaridorlarda tanlov yuzaga kelib, menikini olmay qöygan paytlar ham böldi.

Öşanda men qanday qilib mahsulotimni sota olişim haqida internetdan ma’lumotlar izlay boşladim. Va hammadan farqli – olib boradigan suzmamni sellofan paket bilan öraydigan böldim va bu foyda berdi. Bu mening marketing böyiça egallagan birinçi bilimim edi.

“Talabalikda dökonda işladim”

Öqişga kirgunça şu tarzda öqib uydagilarga yordam berdim va maktabni bitirib, Özbekiston Milliy universitetiga kontrakt asosida öqişga kirdim. Öşanda birinçi marta Toşkentga keldim. Dastlab, moslaşişim qiyin bölgan: katta şahar, uydan uzoqlaşmaganman.