“Köçamizni asfalt qilib berişlarini sörab 8 yil “yugurgan” edik” – “Taşabbusli budjet” ğoliblari loyiha haqida qanday fikrda?
|18:41 / 13.04.202220 8218 min
Farğona viloyati Yozyovon tumani “Qorasoqol” MFY aholisi 8 yildan beri öz köçalarini asfaltlaştiriş yölida kirmagan eşiklari qolmadi.
1986 yilda asfaltlaştirilgan köça bugungi kunga kelib abgor holatga kelgan. Ustiga-ustak mahallada bolalar boğçasi joylaşgan bölib, yoğingarçilikda yöldan qatnaşda barça birdek aziyat çekardi.
Yozyovon tumani “Qorasoqol” MFYda “Taşabbusli budjet” loyihasida 1 746ta ovoz töplandi. Mahalla ahli “Taşabbusli budjet” tufayli yillar davomida yeçim topmagan içki yöllarni asfaltlaş masalasi hal bölganini ta’kidlaşdi. Mahalla loyihada 1 milliard söm yutib oldi. Bu mablağga Asalçilik, Istiqlol, Ibrat, Navbahor ham Döstlik köçalari – jami 6 800 metrlik içki yöllar ta’mirlanadigan böldi.
Mahalla faoli Ikromjon Mamajonov ovoz töplaş uçun butun qişloq oyoqqa turib, birgalaşib harakat qilişgani haqida sözladi.
Ikromjon Mamajonov. Mahalla faoli
“Bu qişloqda çeklar 1989 yilda berilgan bölsa, 1986 yilda köça asfaltlaştirilgan edi. Bu asfalt yillar davomida körib bölmas holatga keldi. Yöldan yurişga ham imkon yöq edi.
Ayniqsa, boğçaga bolalarni olib kelişda ota-onalar qiynalişardi. “Taşabbusli budjet” loyihasida ovoz beriş boşlangaç, harakat qilib kördik. Ungaça asfalt qiliş uçun 8 yil uringanmiz. Portal, hokimiyatga borganmiz.
Yöllarni asfaltlaş uçun mahallalarda yoşlarni jalb qilib yurib, ovoz töpladik. Natija yomon bölmadi. 1 milliard söm yutib oldik. Endi şu “Qorasoqol” MFY hududidagi yaroqsiz bölib qolgan yöllarni ta’mirlaş uçun ertadan asfalt kelyapti. Mana şu loyiha taşabbuskorlariga rahmat. Şu paytgaça bölmagan iş aynan şu loyiha sabab hal böldi.
Eşikma-eşik yurib ovoz töpladik. Mablağni yutib olamiz, deb butun qişloq birgalaşib harakat qildik”, – deydi u.
“Ovoz yiğiş böyiça mahalla faollari guzarlarda yoşlar bilan töplanişib, hamjihatlikda harakat qildik. Yetarliça ovoz töpladik. Mahalla 1986 yilda bolalar boğçasi işga tuşganida asfalt bölgan edi. Oçiq maydon bölgani uçun asfalt yöq bölib ketgan. Loygarçilikda ota-onalar, maşinalar ham yöldan ötişda qiynalişardi.
Mavzuga oid
Köçani asfalt qiliş harakatida hokimiyatlarga köp bora borganmiz. Yoşlar özlari taşabbus körsatişib, özlari bir-birini çaqirib töplanişib ovoz yiğdik. Xudo xohlasa, mana, ğolib bölib 1 milliard sömni yutib olibmiz.
“Taşabbusli budjet” loyihasini öylab topganlarga rahmat. 1 milliard söm katta summa. Loyiha bölmaganida, yetarliça ovoz töplay olmaganimizda asfalt qiliş qayoqda edi deysiz. Ramazon oylarida uluğ iş böldi. Boğça bolalarining soğ-salomat yöldan yurib kelişi ota-ona hamda barçamiz uçun muhim. Bu yil yoğingarçilik köp böldi. Yöl tugul ariqlarda ham suvlar tölib toşib ketdi. “Taşabbusli budjet” tufayli köçamiz asfalt qilinadigan böldi. Hammaga rahmat”, – deydi mahalla faollaridan yana biri Ğanijon Qurbonov.
Yozyovon tumanining Gaston mahallasida içimlik suvi yöq, elektr tayançlari abgor holatda edi. Sport maydoni qurişga esa mablağ yöq edi.
“Gaston” MFYda bir qança muammolar yiğilib qolgan edi. Masalan, ulardan biri içimlik suvi, elektr tayançlari. Sport maydonçasi quriş uçun esa mablağ yöq edi. Uşbu loyiha tufayli bizga 782 million mablağ ajratildi. Aholi bilan birdamlikda muammolarni hal qiliş uçun belgilangan mablağni yutib oldik. Yoşlar bilan birgalikda xonadonlarga kirib ovoz töpladik. Tumanda birinçilardan bölib mablağni yutib olişga erişdik. MFYda jami bölib 2 319ta ovoz yiğişga muvaffaq böldik.
Sport maydoni örni
Davlatimiz tomonidan berilgan imkoniyatdan foydalandik. Xonadonma-xonadon yurib, yoşlar va keksalarni yonimizga olib, ovoz yiğdik. Ovoz yiğiş jarayoni bir oz qiyin böldi. Berilgan taklif keyinçalik inson hayoti turmuş-tarzining özgarişi uçun kerakli omil ekanini aytganimizdan söng aholi özlari yanada jonbozlik körsatişdi.
Endilikda mahallamizga ajratilgan mablağga yopiq sport maydonçasi quramiz. Içimlik suvi tortilmagan köçalarimizga 6 km lik içimlik suvi tortamiz. Elektr tayançlari örnatamiz. Kam ta’minlangan 15 ta xonadonni ta’mirlab beramiz”, – deydi hokim yordamçisi Dilşoda Turkistonova.
Yozyovon tumani Moliya bölimi mutaxassisi Ahmadjon Rözimatovning ta’kidlaşiça, fuqarolar töplanib qolgan muammolarni bartaraf etiş yölida imkoniyatdan foydalangan holda öz taşabbuslari bilan ovoz yiğiş jarayonlarida faol iştirok etgan.
“Joriy mavsumda “Taşabbusli budjet” loyihasiga 82ta tuman böyiça taklif kelib tuşdi. Tuman böyiça 21 mingdan ortiq ovozlar yiğildi. Bu yil ötgan yilgiga nisbatan ikki barobarga oşganini körsatmoqda. Bu loyihaga fuqarolarimizning işonçi tobora ortib borayotganini anglatadi. Loyiha mahallalarimiz infratuzilmasini yaxşilaşga ança yordam beradi. Tuman böyiça hozirda 6ta taklifimiz ğolib deb topildi.
Fuqarolar öz taşabbuslari bilan çiqib ovoz yiğiş jarayonlarida faol iştirok etmoqda”, – deydi u.
Marğilon şahridagi 32-umumiy örta ta’lim maktabida 945 örinli joyda 1 500 nafar öquvçi ta’lim olayotgani bois ta’mirlaşga muhtoj edi.
“Respublika miqyosida ötkazilayotgan “Taşabbusli budjet” loyihasi ötgan yili birinçi marta tajriba bölgani uçun biz köp ham qiziqmagan ekanmiz. Şahardagi maktablardan biri mablağ yutib olganidan keyin bunga qiziqiş uyğondi. Davlat mablaği xalqniki ekaniga işonç hosil qildik. Bizning ham maktabimizda ta’mirlaşga muhtoj joylar bor edi. Sababi 945 örinli joyda 1 500 nafar öquvçi ta’lim olmoqda. 2022 yil birinçi çoragida loyihamiz bilan qatnaşdik. 4 733ta ovoz töplab, loyihada ğolib böldik.
Ota-onalar, öqituvçilar bilan hamjihatlikda Telegram-kanallarida tarğibot işlarini olib bordik. Xalqimiz buni yaxşi qabul qildi. Çunki davlat bergan mablağni özi munosib körgan joyga sarflaş ğoyasini ota-onalar anglab yetdi.
Yutib olgan mablağimiz 423 million. Biz bu summaga oşxonamiz kafel qismini töliq yangilaymiz. 2ta sinf xonasini töliq ta’mirdan çiqaramiz. Va aynan şu xonalar uçun zamonaviy öquv jihozlari sotib olmoqçimiz.
Qanday imkoniyatlar bölsa bolalar, farzandlar uçun. Oçiq budjetdan foydalanmaslik beparvolik böladi”, – deydi maktab direktori Umidaxon Yoqubova.
Moliya vazirligi tomonidan “Taşabbusli budjet” loyihasining 2022 yil 1-yarim yillik mavsumi uçun ğoliblar e’lon qilindi. Mazkur loyihada Farğona viloyati böyiça fuqarolar tomonidan jönatilgan 2178ta takliflardan umumiy qiymati 115 milliarddan ortiq bölgan 204ta loyiha ğolib deb topildi. Ğolib bölgan taşabbuslar soni böyiça Farğona viloyati respublika hududlari orasida Toşkent viloyatidan keyin ikkinçi örinni egalladi.
Biz joylarda bölib, qişloq ahli davlat bergan imkoniyatdan foydalangan holda jipslaşib, öz muammolarini hal qiliş uçun kuraşgani sabab yetarli ovoz töplab loyihada ğolib bölganliklariga guvoh böldik.