Hukumat qarori bilan yöl harakati qoidalari yangi tahrirda tasdiqlandi. Bu haqda Nigoh kanali xabar bermoqda.

Yangi tahrirdagi Yöl harakati qoidalariga köra:

  • Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yöl harakati qatnovi yuqori bölgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanişining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanişi mumkin;
  • Qolgan aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgaça ta’lim taşkilotlari atrofidagi yöllarda 300 metrgaça bölgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondoş hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uçastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oşirmasdan harakatlanişga ruxsat etiladi.

Şuningdek, yangi qoidalarga köra endilikda:

  • yengil avtomobillarda yuk taşişga ularning tom qismiga örnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni taşiş bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oşmagan taqdirda yöl qöyiladi;
  • yuk avtomobillari, ayrim istisnolardan taşqari barça holatlarda, yölning faqat öng qatnov qismidan harakatlanişi şart böladi;
  • transport vositalarining qayrilib oliş joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki ötib töxtaş taqiqlanadi;
  • sutkaning qoronği vaqtida va yetarliça körinmaydigan şaroitda velosiped yölkasi bölmagan holda yölning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedçilar nur qaytargiçli kamzulda yoki nur qaytaruvçi elementlar bölgan ustki kiyimda bölişi lozim.

Qarorga köra, yangi tahrirdagi Yöl harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan boşlab amalga kiritiladi.

Ma’lumot uçun, Yöl harakati qoidalarining amaldagi tahriri 2016 yil 1 martdan beri amal qilib kelayotgandi.