Navoiy viloyatida nomdor çöponlar köp. Biroq bu kasbni egallagan ayollar sanoqli. Ulardan biri konimexlik Qaldigul Yermekova. Uning ota-bobosi çöpon ötgan. Oilada 5 nafar qizning uçinçisi. Opa-singillari öqituvçilik va şifokorlik kabi turli kasblarni egallaşgan. Qaldigul esa otasi izidan borib, çöponlikni tanlagan.

Qaldigul Yermekova tumanning Sarjal ovuli hududida çorvaçilik bilan şuğullanadi. 4 yil oldin özi alohida otar taşkil qilgan. Hozir “Konimex-Sarjal-Qosay” MÇJning 400 boşdan ortiq qöyini boqadi. Özining çorvasi ham 400 boşga yaqin.

“Bahor yaxşi kelsa, çorvaçilik ham, dehqonçilik ham yaxşi böladi. Yaqin kunlarda tuğum mavsumi boşlanadi. MÇJning 400 boş ona qöyi bor menda. Şundan 300 boş qözi qöyamiz, degan niyatdamiz. Bu yilgi qiş ham yaxşi kelmadi. Çorvani 4-5 oydan beri faqat yem bilan olib çiqdik. Bu ham qiyinçilik. Çöponlikning orqasidan Lacetti va Captiva mindim. Mehnatim bilan özim otar taşkil qildim. Sovuği-issiği demaysiz buning. Qiyin ekan, deb taşlab ketiş yöq. Men ham qöy boqsam, men ham şunaqa maşina olsam, deydiganlar bor. Ammo yengil emas, qiyinçiligi köp buning. Çidaganga beradi”, — deydi u.

Qaldigul özi ot minib, qöy boqadi.Qişning izğirinida ham, yozning jaziramasida ham otar ortidan qolmaydi.Çorvadan ortib, uy işlariga ham ulguradi.


Uning ta’kidlaşiça, agar işonç bölsa, erkak qilgan işni ayol ham uddalaydi:
“Men ayolman, bu işni qilolmayman, deb özidan qörqiş bölişi mumkin. Erkak qilgan işni ayol ham uddalaydi. Bizning kamçiligimiz, özimiz uçun talpinmaymiz. Faqat yordam pulini kutib ötiramiz. Birovga işonib yaşaş kerak emas. Özimning tirikçiligim deb mehnat qilsa, barakasi ham böladi. Bilganimiz yordam puli va bola puli. Şunga işonib qolganmiz. Aslida işlaş, mehnat qiliş kerak


















