Konimexda mahalliy kengash deputatlari hokimning taklifini tasdiqlashmadi
Navoiy viloyatining Konimex tumani Xalq deputatlari kengashining shu yil 10 martdagi sessiyasida tumandagi 12ta maktabga direktor tanlash masalasi ko‘rilgan. Ammo, deputatlar hokim tavsiya qilgan nomzodlarni tasdiqlashni rad etishgan.

Foto: Konimex tumani hokimligi
Kun.uz manbasi va mazkur sessiyadan yozib olingan audiomaterialga (audioyozuv tahririyatda mavjud) ko‘ra, mazkur masalani ko‘rib chiqishda kengash raisi – tuman hokimi Muratxan Egamqulov prezidentning 2020 yil 6 noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni talablariga zid ish tutgan.
Mazkur farmonda umumta'lim muassasalarining bo‘sh direktor lavozimlari uchun hududiy xalq ta'limi boshqarmalari kiritgan nomzodlar xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan tanlovdan o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Ya'ni nomzodlar tanlovda tegishli maktab ko‘rsatkichlarini kelgusi uch yilda yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha o‘z dasturi bilan ishtirok etishi, deputatlar esa eng yaxshi 3 yillik dastur egasini tanlab olishi zarur edi.
Ammo, garchi sessiyada 12ta maktab direktorligi uchun 30 nafardan ortiq nomzod ishtirok etayotgan bo‘lsa ham, kengash raisi bo‘lgan hokim deputatlardan hech qanday tanlovsiz 12 nomzodni tasdiqlab berishni so‘ragan. Deputatlar esa bunga qarshi chiqib, masala noto‘g‘ri tartibda ko‘rib chiqilayotganini bildirishgan. Taklifi ma'qullanmagan hokim esa ushbu masalani navbatdagi sessiyaga qoldirishga majbur bo‘lgan.
Deputatlarga sessiya boshlanishidan oldin tarqatilgan sessiya materiallari yakunda yig‘ib olingani aytilmoqda. Chunki, undagi qaror loyihasida tasdiqlangan (!) direktorlar ro‘yxati bo‘lgan.
Shuningdek, audiomaterialda tuman hokimi Muratxan Egamqulov va tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri Gulzoda Abdullayeva tortishib qolganini, hokim Abdullayevaga uning faoliyati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishi mumkinligini aytib, tahdid qilganini eshitish mumkin.
— Uchtepaga bordim, 8-maktabga. Bilmayman, kimni qo‘ymoqchisizlar. Mahallaning raisi, MJCh raisi, oqsoqollar umumiy yig‘ilish qaror qilib Mambetqulov Nurkenni aytyapti. Qani u, keldimi? Mana, mana shu shu bola, yoshlar bo‘yicha ekan. A bular (tuman XTBni nazarda tutmoqda) boshqasini qo‘ymoqchi. Men tushunmayman bularga, nima bo‘lyapti o‘zi bu yerda?! Yana tanish-bilishchilik yoki korrupsiyaga o‘xshagan narsami?
— Bu yerda tanish-bilishchilik ham, korrupsiya ham yo‘q.
— Nega bermaysizlar u kadrlarni bo‘lmasa? Siz gapni kam qiling, men sizga ishonishni ham yig‘ishtirib qo‘yganman. Jinoiy ish qo‘zg‘attiraman kerak bo‘lsa sizning ishingizga men.
— Men jinoiy ish qilganim yo‘q, o‘tgan safar ham ko‘pning ichida shunday dedingiz.
— Hali ko‘rasiz. Men umuman noroziman ta'limdan.
Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi

19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin

18:58 / 23.07.2024
Parlamentda tanaffusga chiqish masalasida kamchilik ko‘pchilik ustidan g‘alaba qozondi

11:00 / 27.07.2023