Pokiston Afğonistonning Höst va Kunar viloyatlariga aviazarbalar berdi, halok bölganlar bor. Bu haqda The Khaama Press agentligi xabar qildi.

Kunar viloyati rasmiylari aviazarbalar natijasida olti kişi halok bölganini ma’lum qildi. Agentlikning yozişiça, Höst viloyati aholisi kamida 33 kişi qurbon bölganini aytgan.  

Al Arabiya telekanalining bildirişiça, aviazarbalar Afğoniston bilan çegaradagi Şimoliy Vaziriston okrugida terrorçilar pistirmasiga tuşib qolgan yetti nafar pokistonlik harbiyning ölimiga javob tariqasida berilgan bölişi mumkin. 

Xabarlarga köra, aviazarbalar berilişi ortidan Pokistonning Kobuldagi elçisi Afğoniston taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilgan.