Iqtisodiyot | 12:51 / 18.04.2022
26854
2 daqiqa o‘qiladi

Eski «Agregat zavodi» onlayn auksion orqali qariyb 209 mlrd so‘mga sotildi

Boshlang‘ich narxi 130,5 mlrd so‘m bo‘lgan davlat mulki 1 soat davom etgan savdoda 12 qadam narxi oshirilib, 208,7 mlrd so‘mga sotilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan onlayn auksionga qo‘yilgan “Agregat zavodi” AJ va uning ta’sischiligidagi “Agregat avtokomplekt” MChJning bo‘shayotgan bino va inshootlari bo‘yicha yakuniy savdo natijalari e’lon qilindi.

Boshlang‘ich narxi 130,5 mlrd so‘m bo‘lgan davlat mulki 1 soat davom etgan savdoda 12 qadam narxi oshirilib, 208,7 mlrd so‘mga sotilgan.

G‘olib “Golden House Development” kompaniyasi egalik qiladigan “Build Power” MChJ.

“Ushbu davlat aktivi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari Chirchiq shahridagi “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ hududiga ko‘chirilishi sababli savdoga qo‘yilgan va sotishdan tushadigan mablag‘lar mazkur korxonalarni ko‘chirish, yangi bino va inshootlar barpo etish hamda modernizatsiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi”, deyiladi agentlik xabarida.

Mavzuga oid