2022 yil 6 sentabr kuni e-auksion platformasi orqali ötkazilgan savdolarda Toşkent viloyati Ohangaron tumani Markaziy qörğon mahallasi hududidagi 397,9 gektar yer maydoni 999 mlrd 999 mln 999 ming sömga 30 yilga ijaraga olingan.
Onlayn-auksion ğolibi – Piskent tumani hokimi Rixsiyev Rahimjon Mirqodiroviç.
Bu xarid ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uçraganidan keyin, Rahimjon Rixsiyev izoh berişga qaror qildi. Uning videomurojaatini Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati e’lon qildi.
“Haqiqatan ham bu holat bölgan. Qaysi ma’nodaki, bugungi kunda yer ajratiş tartibi hokimlardan olib qöyilgan, faqatgina şaffof mexanizmlar, ya’ni e-auksion orqali beriladi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 709-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Qişloq xöjaligi yerlari e-auksion orqali ijaraga berilmoqda. Tumanda bu borada muammoli holatlar bor. Xususan, ğoliblar bugungi kunda yerning qiymatini, undan olinadigan daromadning sarhisobini qilmasdan, [auksionda] ğolib bölib, yerlarga egalik qilişmoqda. Ya’ni tadbirkorlar “A”, “B” va “V” bloklari şartlari böyiça ğolib bölişmoqda. Agar tuman hokimlari 5 kun içida ijara şartnomasini imzolamasa, dastur ijara şartnomasini avtomatik ravişda imzolaydi”, – dedi hokim.
Rahimjon Rixsiyevning sözlariga köra, Piskent tumanida bir neça fuqarolar 100 milliard, 250 milliard, 400 milliard, şuningdek, 1 trillion sömga qişloq xöjaligi yerlarini ijaraga olişgan, buni eşitgan hokimda ular şunça summani haqiqatan ham tölaydimi degan savol paydo bölgan.
“Bu haqda menga aytişganida, oçiği, bu platformada bunaqa bölmasa kerak deb, menda işonçsizlik böldi. Şuning uçun özim qiziqib qatnaşdim. Piskentdan boşqa tumanlarni qaraganimda, Ohangaron tumanida 397 gektar yaylov yerlari turgan ekan. Qatnaşib, haqiqatan ham yutsa böladimi, degan savolga javob qidirdim.
Bitta masalani kötarişdan avval uning içiga kirib körişingiz kerak. Men tölov qiymati degan joyiga siğişi mumkin bölgan eng katta raqam – 999 mlrd 999 mln 999 ming söm, ya’ni salkam 1 trillion sömni körsatdim va 30 yil muddatga ijaraga oliş böyiça ğolib deb topildim. Şundan keyin tartibi böyiça 5 kun içida ijara şartnomasi imzolandi. Ijara şartnomasining ijara haqi degan qismidan kelib çiqib, qöyilgan summani tölaydimi, tölamaydimi degan savolga aniq bir yeçimni ayta olayotganimiz yöq. Yutgan ğolibga ham, qatnaşayotgan fuqarolarga ham. Şu sababli şu narsaga qöl urdim. Oçiğini aytganda, bunçalik rezonans beradi deb öylamagandim”, dedi u.



















