Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Davaktiv agentligi direktorining «Maydoni 2000 kvadrat metrgaça bölgan böş turgan davlat köçmas mulk obektlarini jismoniy şaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylaştiriş yoki ijaraga beriş uçun töğridan-töğri elektron onlayn-auksion savdolariga çiqariş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida»gi buyruği loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga muvofiq:
Maydoni 2000 kv.metrgaça bölgan böş turgan davlat köçmas mulk obektini aniqlagan jismoniy şaxs One ID tizimidan identifikatsiyadan ötgandan söng, uşbu obektni onlayn-auksion savdolarga çiqariş haqida onlayn-buyurtma beradi.
Buyurtmada quyidagilar aks ettirilişi lozim:
- obekt manzili;
- obekt fotosuratlari va aniq geolokatsiyasi;
- yer maydoni va bino-inşootlar maydoni;
- böş turgan obektdan samarali foydalaniş böyiça takliflar.
- buyurtma tegişli hududning hokim yordamçisiga kelib tuşadi va bir kun içida u tomonidan obektning mulkçilik şakli aniqlaştiriladi;
- böş turgan bino davlat köçmas mulk obektiga oidligi tasdiqlanganda hokim yordamçisi tizimga obektning kadastr hujjatlari va kadastr raqamini joylaştiradi;
- sotuvçi/ijaraga beruvçining vakillari uç kun içida obektni xatlovdan ötkazib, çeklovlar mavjud bölmagan taqdirda obektni sotiş/ijaraga beriş uçun onlayn auksionga çiqariş haqida qaror qabul qilişadi.
- obekt onlayn-auksionga çiqarilgandan söng, buyurtma bergan jismoniy şaxsga tegişli sms-xabar yuboriladi.
Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.
Ma’lumot uçun: 2023 yil 1 iyuldan boşlab, jismoniy şaxslarga «Davlat mulki» axborot tizimi orqali maydoni 2 000 kvadrat metrgaça bölgan davlat köçmas mulk obektlarini xususiylaştiriş yoki ijaraga beriş uçun töğridan-töğri onlayn auksion savdolariga çiqariş böyiça ariza topşiriş huquqi beriladi.

















