Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida yaşovçi 37 yoşli erkak özini osib qöygani haqida xabarlar tarqaldi. Boş prokuratura matbuot kotibi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanişiça, 2022 yil 13 aprel kuni Ğuzor tumani, Sovboğ qişloğida yaşovçi, mahalla fuqarolar yiğinida yoşlar yetakçisi vazifasida işlab turgan, 1985 yilda tuğilgan, 3 nafar farzandi bölgan erkak qöşnisining heç kim yaşamaydigan xonadonida özini özi osib vafot etgan.

Dastlabki tekşiriş davomida marhum oxirgi vaqtlarda köp spirtli içimlik iste’mol qilişi oqibatida ruhiyatida özgariş bölgani aniqlangan.

Marhumning ölim sababiga aniqlik kiritiş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Qayd etilişiça, holat böyiça Ğuzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakati olib borilmoqda.