Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati 16 yoşga tölgan öquvçilarga murojaat bilan çiqdi. Murojaatda yozilişiça, oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari DTMning abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Abituriyentlar endi avvalgidek OTMlarga ovora bölib borişlari, uzundan-uzoq navbatga turişlariga hojat qolmagan.
Onlayn hujjat topşiriş uçun bitiruvçilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami -JŞŞIR) kiritiş talab etiladi. Şu bois, 16 yoşga tölgan bitiruvçilar öz vaqtida pasport (ID karta) olişlari zarur. Bu jarayonda bitiruvçilarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integratsiya qilingan.
Qayd etilişiça, joriy öquv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq öquvçi bitiradi. Bugungi kunda 16 yoşga tölgan 122 mingdan ortiq bitiruvçi (31 foizi) pasport olmagan.
«Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvçi yoşlar! Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda 16 yoşga tölgan maktab bitiruvçilarining öz vaqtida pasport (ID karta) olişini ta’minlaşingizni söraymiz. Maktab ma’muriyatidan esa bitiruvçilarning pasport ma’lumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib, ularning kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarini topşirişida kömaklaşişga çaqiramiz», deyiladi murojaatda.
Eslatib ötamiz, 16 yoşga tölgan bitiruvçilar pasport olişlari uçun Içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlariga murojaat etişlari mumkin.

















