Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, yangi taşkil etilgan Kökdala tumaniga prokuror, davlat soliq inspeksiyasi va içki işlar bölimi boşliği tayinlangan.

Jumladan, Bahrom Bötayev tuman prokurori lavozimiga tayinlangan. B.Bötayev 1985 yilda Qamaşi tumanida tuğilgan. Mazkur tayinlovgaça u Şahrisabz şahar prokurori lavozimida işlagan.

Şerzod Şokirov tuman IIB boşliği etib tayinlangan. Ş.Şokirov 1980 yilda Koson tumanida tuğilgan. Mazkur tayinlovgaça Ş.Şokirov Nişon tumani IIB boşliği lavozimida işlagan.

Faxriddin Muhammadiyev tuman soliq inspeksiyasi boşliği etib tayinlangan. F. Muhammadiyev 1972 yilda Kitob tumanida tuğilgan. Mazkur tayinlovgaça u viloyat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari vazifasida işlagan.

Eslatib ötamiz, keça, 19 aprel kuni Kökdala tumaniga hokim tayinlandi. Avval Çiroqçi tumani hokimi vazifasida işlagan Xurram Jörayev Kökdala tumani hokimi etib tayinlandi. Uning örniga viloyat hokimining moliya-iqtisod masalalari böyiça birinçi örinbosari Nodir Erkayev Çiroqçi tumani hokimi böldi.

Ma’lumot uçun, 2021 yil oktyabr oyida prezident Qaşqadaryo viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşuvda Çiroqçi tumanining aholisi köpligi va hududi kattaligini inobatga olib, tumanni ikkiga böliş va uning bir qismida Kökdala tumanini taşkil etiş taklifini bildirgandi.

2022 yil 17 mart kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida senatorlar Çiroqçi tumanining çegaralarini özgartiriş va Kökdala tumanini taşkil etiş töğrisidagi masalani körib çiqqan va uning tegişli qarori qabul qilingandi.