Senat axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 17 mart kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida senatorlar Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanining çegaralarini özgartiriş va Kökdala tumanini taşkil etiş töğrisidagi masalani körib çiqqan.
Majlisda Kökdala tumani taşkil etilişiga sabab bölgan asosiy omillar alohida aytib ötilgan. Qömita ma’lumotiga köra, Çiroqçi tumaniga 1926 yilda asos solingan bölib, aholisi 420 ming kişini, umumiy yer maydoni 2,8 ming kilometr kvadratni taşkil etadi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda tuman markazidan eng çekka qişloqqaça bölgan masofa 65-100 kilometrni, jumladan, Toşli qişloği – 100 kilometr, Sarson qişloği – 93 kilometr va Quruqsoy qişloği – 65 kilometrni taşkil etadi. Masofa uzoqligi aholi tuman markaziga borib-kelişi uçun 2-3 ta yölovçi transportidan foydalanişiga va bir kun yöqotilişiga sabab bölmoqda.
Garçi Çiroqçi tumanida aholi soni va imkoniyatlar katta bölişiga qaramasdan 2021 yilda aholi jon boşiga sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 1,8 million söm (viloyatda 5,5 million söm), qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş 8,2 million söm (viloyatda 8,7 million söm), xizmatlar hajmi esa 1,8 million söm (viloyatda 3,9 million söm)ni taşkil qilib, viloyat böyiça eng oxirgi örinda joylaşgan.
Şunga köra, Çiroqçi tumanida yaşayotgan aholiga ijtimoiy va maişiy qulayliklar yaratiş hamda viloyatda rejalaştirilayotgan özgarişlar, urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga soliş, ayniqsa aholi bandligini ta’minlaş maqsadida, uşbu tumanning bir qismida Kökdala tumanini taşkil etiş hamda uning markazini Yettitom şaharçasi etib belgilaş nazarda tutilgan.
Bunda Çiroqçi tumanida istiqomat qilayotgan 420 ming nafar aholining 176,3 ming nafari, ya’ni 32 ta mahallada yaşayotgan qismini Kökdala tumani tarkibiga ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, Kökdala tumani tarkibiga 162 ta sanoat korxonasi va 1 ta kiçik sanoat zonasi (Ayritom) ötkaziladi.
Ma’lumot uçun, Çiroqçi tumani maktablar soni böyiça Özbekistonda birinçi örinda turadi. Bu tumanda 234 ta maktab bölib, ularda 93 mingdan ortiq öquvçi ta’lim oladi.
Eslatib ötamiz, 2021 yil oktyabr oyida prezident Qaşqadaryo viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşuvda Çiroqçi tumanining aholisi köpligi va hududi kattaligini inobatga olib, tumanni ikkiga böliş va uning bir qismida Kökdala tumanini taşkil etiş taklifini bildirgandi

















