Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Prezident farmoniga muvofiq Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi, uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hududiy boşqarmalari, tuman (şahar)larda mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş markazlari taşkil etilgan.

Bundan taşqari, har bir şaharça, qişloq, ovulda, şuningdek, şaharlar, şaharçalar, qişloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça tuman (şahar) hokimining yordamçisi lavozimi ta’sis etilgan.

Prezidentning qaroriga muvofiq Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi taşkil etilgan.

Hujjat bilan Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, u quyidagilarni nazarda tutadi: agentlikning maqomi; vazifalari va funksiyalari; huquqlari va javobgarligi; agentlik faoliyatini taşkil etiş; agentlik rahbarlarining funksional vazifalari.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş markazi töğrisidagi namunaviy nizom;

  • mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça tuman (şahar) hokimining yordamçisi faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi namunaviy nizom;
  • Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi töğrisidagi nizom;
  • “Onlayn mahalla” elektron platformasiga ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadigan hamda uşbu integratsiyalaşgan tizimdan real vaqt rejimida foydalana oladigan davlat organlari va taşkilotlarining röyxati.