Özbekiston ilk bor Venetsiya zamonaviy san’at biyennalesida iştirok etadi, deb ma’lum qildi Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi.
Xabar qilinişiça, Venetsiyadagi 59-Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi “Space Caviar” arxitektura-tadqiqot studiyasi va kuratori Şeida Gomaşi tomonidan yaratilgan “Dixit Algorizmi – bilimlar boği” loyihasini taqdim etadi.

Özbekiston paviloni olim va mutafakkir Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ijodini aks ettiradi.
Pavilonda texnologiyaga oid turli nuqtai nazarlar taqdim etiladi va bu hodisaning xilma-xilligi, çuqurligi va murakkabligi keng jamoatçilik dasturi iştirokçilari tomonidan muhokama qilinadi.

“Mamlakatimiz 2022 yilda Venetsiya biyennalesida ikkinçi bor iştirok etadi. Biyennalening ötgan yilgi oçilişi katta şov-şuvga sabab böldi hamda bu yil biz yangi ğoyalar bilan qaytmoqdamiz va yana bir bor zamonaviy san’at olamini çorlaymiz. Bu yilgi loyihamiz jahonga maşhur olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy merosidan ilhomlanayotganidan faxrlanamiz. Uning “Hikmat uyi” köplab muhim ilmiy kaşfiyotlar uçun maydon bölib, keyinçalik zamonaviy ilm-fan rivojiga asos böldi. Uluğ mutafakkir ijodiga zamonaviy san’at prizmasidan yangiça talqinlarni taqdim etgan va bugungi kundagidan ham dolzarb mavzularga qörqmasdan töxtalib ötgan kuratorlarimizdan çeksiz minnatdormiz”, — dedi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi Kengaş raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva.

“Kurator Sesiliya Alemaniy tomonidan tanlangan mavzu Jamğarmaning ğoyalari va zamonaviy san’at sohasidagi joriy yönalişiga mos kelişidan juda mamnunmiz, çunki biz faoliyatimizning barça jabhalarida fanlararo yondaşuvni tarğib qilişga intilamiz”, - dedi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi ijroçi direktori Gayane Umerova.
Uning ma’lumot berişiça, körgazma davomida pavilonda ilmiy-ommabop va yuqori ixtisoslaştirilgan tadbirlar dasturi bölib ötadi.













