334-sonli quduq uzoq 1950 yilda burğilanib, işga tuşirilgan, 1976 yilda u likvidatsiya fondiga ötkazilgan.

ERIELL Gpoup tomonidan qöllanilayotgan quduqni kapital ta’mirlaşning zamonaviy texnologiyalari (UKRS) 334-sonli quduqqa deyarli ikkinçi hayot bağişlaş imkonini berdi.

Joriy yilning 3 yanvaridan 31 yanvarigaça bölgan davrda QKT 99-sonli ERIELL quduqlarini kapital ta’mirlaş brigadasi tomonidan quduqdan foydalaniş va neft olişga imkon beradigan zarur hajmdagi işlar amalga oşirildi.

Xususan, QKT işlarini amalga oşirişda zamonaviy texnologiyalar, uskunalar va texnik vositalardan foydalangan holda quyidagi işlar amalga oşirildi:

- Tsement köpriklarini burğilaş va zaboyni turli xil asboblar (jumladan 3 şaroşkali doloto, yon yuzani frezlaş, magnit va zaboy frezi va boşqalar) yordamida normallaştiriş;

-Qatlamlarning neft bilan töyinganligini aniqlaş böyiça geofizik tadqiqotlar;

- AQŞ va Germaniyada işlab çiqilgan ilğor dasturlar (geoaxborot tizimi)da geofizik ma’lumotlarni interpretatsiya qiliş;

- Kislotali kompozitsiyadan foydalangan holda qatlamni intensifikatsiya qiliş (NouXau retsepturasi).

Nasos tuşirilgaç, obekt buyurtmaçiga topşirildi.

««Xöjaobod» koni 334-sonli quduğining işga tuşirilişi ERIELL Group tomonidan amalga oşirilgan işlar samaradorligini isbotladi va natijada debiti sutkasiga 5,3 tonna bölgan neft oqimi olindi. Ayni paytda, quduq tartibli işga tuşirilgandan söng, neft debiti kuniga örtaça 3 tonnagaça bölgan körsatkiç bilan işlamoqda», – dedi Sanoat Energetika Guruhi MÇJ XK direktori Şokir Fayzullayev.

Mazkur yönalişdagi işlar buyurtmaçi Sanoat Energetika Guruhi MÇJ XKning «Asosiy fondlarni kapital ta’mirlaş» loyihasi doirasida olib borilganini qayd etiş joiz. ERIELL Group loyihaning Boş pudratçisi hisoblanadi.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ