Telegram asosçisi Pavel Durov Birlaşgan Arab Amirliklari fuqaroligini oldi. Bu haqda Forbes Durovga yaqin bölgan manbalarga tayanib xabar berdi.

Qayd etilişiça, şu tarzda Durov tört mamlakat – Rossiya, Sent-Kits va Nevis, Fransiya hamda BAA fuqarosiga aylandi.

Manbaning sözlariga köra, Durov BAA fuqaroligini 2021 yil fevralda olgan.

U sayohatlar uçun BAA va Fransiya pasportlaridan foydalanadi, «Sent-Kits va Nevis pasporti Durov Rossiyadan emigratsiya qilgan dastlabki yillarda kerak bölgan», deya qöşimça qilgan manba.

«Pavel Rossiyaga bormaydi va sakkiz yildan buyon bu mamlakatda heç qanday aktivlari yöq. Telegram Rossiyada ofis yoki xodimiga ega emas, Rossiyadagi foydalanuvçilar soni 8 foizdan oşmaydi», — degan yana bir manba. Uning aytişiça, Durovning Rossiya pasporti muddati «allaqaçon tugagan».

Durov 2017 yilda Dubai Media City erkin iqtisodiy hududidagi binolardan birida Telegram boş qarorgohini oçgan. U BAAga köçib ötişi sababini erkin iqtisodiy hududda soliqlar yöqligi va «bir yilda 180 kun hukumatga işlaşni istamasligi» bilan izohlagan.