Yuridik fanlar böyiça falsafa doktori, dotsent Farhod Primov yöllardagi xavfsizlikni ta’minlaş borasidagi yangi yeçimlar aks etgan prezident qarorini şarhladi.

Yoş bolalarni maktabga yoki biror joyga kuzatişda «yöldan ehtiyot bölib ötinglar», «avtomaşinalardan ehtiyot bölinglar», deb tayinlaymiz. Agar velosipedda sayrga çiqmoqçi bölişsa ham, «avtomaşinalardan uzoqroq yuringlar», «katta yölga çiqmanglar, u yerda avtomaşinalar köp», deb ogohlantiramiz. Afsuski, yöllardagi köngilsizliklar tez-tez uçrab turişini odatiy holat sifatida qabul qilişni boşlaganmiz. Yuridik amaliyotda ham avtomobillarga «ortiqça xavf manbayi» sifatida qaraşadi.

Insonlarning bevaqt halok bölişida yöl-transport hodisalari yetakçi örinlarda turadi. Şu bois yöllarda ölim holatlarini kamaytiriş har bir davlat hukumatini taşvişlantiradigan jiddiy muammolardan biri hisoblanadi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, oğir jarohatlarga olib keladigan şikastlanişlar orasida kriminal jarohatlardan söng yöl-transport hodisasi ikkinçi örinni egallaydi. Har yili 1,2 millionga yaqin odam YTH qurboni bölmoqda, qariyb 50 million kişi turli darajada tan jarohatlari olmoqda.

2005 yildan boşlab BMT tomonidan har yili noyabrning uçinçi yakşanbasi «Jahon yöl-transport hodisalari qurbonlarini xotirlaş kuni» (World Day of Remembrance for Road Traffic Victims) deb e’lon qilingan (Ma’lumot uçun: Buyuk Britaniya va unga hamdöst mamlakatlarda har yil noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi uruşlar va mojarolarda halok bölganlar xotirlanadigan kun sifatida nişonlanadi. Bu yerda YTH qurbonlari uruş va turli mojarolar qurbonlaridan keyingi öringa qöyilmoqda).

Mamlakatimizda sönggi yillarda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş tizimini takomillaştiriş sohasida muayyan taşkiliy-amaliy işlar amalga oşirildi. Şu bilan birga, körilayotgan çora-tadbirlarga qaramasdan, ölimga olib kelgan YTHlar soni hali ham yuqori bölib, bu avtomobil yöllarida xavfsizlikni ta’minlaş tizimini tubdan isloh qiliş zarurligini körsatmoqda. Xususan, 2021 yilda 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq kişi jarohatlangan. Eng açinarlisi, 2,5 mingga yaqin odam, şu jumladan, 263 nafar bola halok bölgan.

Yuqoridagi holatlar avtomobil yöllarida inson xavfsizligini işonçli ta’minlaş va ölim holatlarini keskin kamaytiriş böyiça jiddiy qadamlar taşlaş zarurligini körsatmoqda. Prezidentning 2022 yil 4 apreldagi «Avtomobil yöllarida inson xavfsizligini işonçli ta’minlaş va ölim holatlarini keskin kamaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida muhim çoralar belgilandi.