Ijtimoiy tarmoqlarda “Guangzhou medical of China” klinikasida bemorlarga Özbekistonda işlab çiqarilgan arzon narxdagi dorilar qayta qadoqlanib, 2-3 millionga sotilayotgani aytilgan videolar tarqaldi.
Videolarda bemorlarga klinika xodimlari Özbekistondagi dorilarni asl qadoğidan ajratib, boşqa paketlarga solib pullayotgani aytilgan.
“Undan körsatib, bundan körsatib dorini oladi, qöşadi-da. Bu yer hojatxona. Şu yerda suvga dorilarni qaynatib, sizga quyib beryapti. Toşkent şahrida, viloyatlarda odamlarning mazasi qoçişni boşladi, şuning uçun tekşiruv ötkazdik. Özimizning 10-50 ming sömlik dorilarni 2 millionga sotib olyapsiz”, – degan klinikani tekşirişga kelgan şaxslardan biri.
Videodan körinadiki, klinikada Özbekistonda yetiştirilayotgan jiyda, arça ildizi kabi mahsulotlar ham bemorlarga qimmat narxda sotilgan bölişi mumkin.
“Özbekistonning dorilarini olib, boşqa paketlarga solib, qadoqlab 4-5 milliondan sotyapti”, – degan videoni tasvirga olgan fuqaro.
Klinikaning xitoylik vakili dorilarning hammasi ham Özbekistonda işlab çiqarilmaganini, Xitoydan olib kelinganlari ham borligini aytgan. U özining işçi xodim ekani va bu voqealardan xabari yöqligini bildirgan.
Hozir holat Toşkent şahar IIBB nazoratiga olingan. IIBBga köra, “Guangzhou medical of China” MÇJ mansabdor şaxslari va xodimlariga nisbatan JKning 186-3-moddasi 2-qismi “b” bandi (sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalari bilan boğliq faoliyat) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
“Jinoyat işi doirasida mazkur klinikaning Toşkent şahridagi va boşqa viloyatlardagi filiallarida tekşiruv ötkazilgan. Hozirda Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyilgan IIBB xabarida.













