Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 aprel kuni Moskvaga taşrif buyuradigan BMT boş kotibi Antoniu Guterrişni qabul qiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskovning sözlariga köra, 26 aprel kuni BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar ötkaziş uçun Moskvaga keladi.
“U şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilinadi”, - dedi Kreml vakili.
Avvalroq Guterriş pasxa bayramlari kunlarida Rossiya va Ukraina örtasida tört kunlik sulh örnatişni taklif qilgandi, biroq Rossiya tomoni bu taklifni rad etdi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili bunday takliflar “nosamimiy va juda yolğon” yangraşi, “Kiyevdagi millatçilar va radikallarga nafas rostlaş uçun fursat yaratiş” uçun örtaga taşlanayotganini ta’kidlagan.












