Palma moyi işlab çiqariş böyiça dunyoda birinçi örinda turuvçi Indoneziya 28 apreldan uşbu mahsulot eksportini taqiqladi.

Indoneziya prezidenti Joko Vidodoning sözlariga köra, u mamlakat fuqarolarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlamoqçi, çunki oziq-ovqat inflatsiyasi rekord darajaga yetgan.

Qisman oziq-ovqat va kosmetologiya mahsulotlari işlab çiqarişda foydalaniladigan palma moyi yetkazib berilişining töxtatilişi işlab çiqaruvçilar xarajatlarining keskin oşişiga olib kelişi mumkin, deb yozadi Reuters agentligi.

Mart oyi boşlarida agentlik yaqin oylarda palma moyi narxi bir tonnasi uçun 8,1 ming ringgitga (1,93 ming dollar) yetişi mumkinligini yozgandi.