Sohibjon Abdullayev – tajribali pedagog. Hamyurtimiz 10 yilga yaqin vaqt davomida Yaponiya davlat maktabi va Fukuoka pedagogika universitetida ingliz tilidan dars beradi.
Vatandoşimiz Kun.uz muxbiri bilan suhbatda yapon umumta’limining öziga xos xususiyatlari, öqituvçilarga tölanadigan maoş, ularning obrösi balandligining sabablari va keyingi öquv yilidan Özbekistonda yapon tajribasidagi maktab oçmoqçi ekani haqida sözlab berdi.
Yaponiyada bolani 3 oylikdan boğçaga beriş mumkin

Agar ota-onadan biri işlasa, ular bolani 3 oylikdan boğçaga berişi mumkin va bolalar ham asosiy tarbiyani boğçadan oladi. Boğçaning öziga xos tartiblari bor: bolalar unga qatnay boşlagandan mustaqillik va jamoaviylikka örgatiladi. Kattalar bolalarini boğçaning içkarisigaça olib kirişi şart emas, kiçkintoylarning özi hamma narsalarini mustaqil joylaştirib boğça maşğulotlariga qöşiladi, boğça yoşidanoq navbatçilik yölga qöyiladi. Va bu maktabda ham davom etadi.
Mening 5 nafar farzandim bor: eng kattasi örta maktabga, 2 nafari boşlanğiç maktabga, yana 2 nafari esa boğçaga boradi. Ular boğça va maktabdan uyga qaytişgaç, özbekça tarbiya berişga, madaniyatimizni örgatişga ham harakat qilamiz.
Bir sinfda 42 nafargaça öquvçi bor

Yaponiyada öquv yili apreldan boşlanadi. Şu oygaça 6 yoşga tölgan bolalar maktabga qabul qilinadi. Boşlanğiç maktab – 1-6-sinflar, örta maktab – 7-9-sinflar, undan söng yuqori maktab – 10-12-sinflar hisoblanadi.
Öquvçi boşlanğiç maktabni bitirgaç, öz hududidagi örta maktabga, uni tugatgaç, yuqori maktabga imtihon asosida olinadi.
Maktablarda har kuni darslar boşlanişi va tugaşida yiğiliş böladi, bolalar sinfxonalarni özlari tozalaşadi.
Maktabda bolalarni kitob öqişga örgatuvçi alohida kutubxona darsi bor. Bunda bolalar kutubxonadan kitob oliş va foydalaniş, uni öqiş qoidalarini örganadi.
Bir sinfda 42 nafargaça öquvçi bölişi mumkin. Bolalar boğçadan öz-özi bilan işlaşga örgatilgani uçun köp sonli öquvçilar bilan işlaş qiyin emas. Masalan, ingliz tilidan yangi narsa örgatsam, har bir öquvçidan sörab ötirmayman, bolalarning özlari guruhlarga bölinib, bir-biri bilan savol-javob qiladi. Oraliq va yakuniy nazorat orqali öqituvçi ularni baholaydi.

















