Qömitaning dastlabki ma’lumotlariga köra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida respublika böyiça 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Qayd etilişiça, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 2015 taga kam.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni böyiça Samarqand viloyati yetakçilik qilmoqda – 6341 ta holat. Keyingi örinlardan mos ravişda 6213 ta va 5341 ta nikoh kuzatilgan Qaşqadaryo viloyati hamda Farğona viloyati joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan hududlarda quyidagiça köriniş oldi: 

  • Xorazm viloyati – 5241 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 5136 ta; 
  • Toşkent viloyati – 4572 ta; 
  • Andijon viloyati – 4521 ta; 
  • Toşkent şahri – 4306 ta;
  • Qoraqalpoğiston R. – 4149 ta;  
  • Buxoro viloyati – 3694 ta; 
  • Namangan viloyati – 3611 ta;  
  • Jizzax viloyati – 2095 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 1339 ta;
  • Navoiy viloyati – 1314 ta.

Bundan oldin nikohni qayd etişdagi 1 oylik muddat bekor qilinişi mumkinligi xabar berilgandi.