O‘zbekiston | 12:02 / 26.04.2022
8438
2 daqiqa o‘qiladi

Gematologiya, onkologiya va immunologiya markazlaridagi bemor bolalarga qarayotganlarga bepul ovqat beriladi

Foto: cleanyield

“2022–2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi

Quyidagilar tashkil etiladi:

  • Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri”;
  • 46 ta tumanlararo yangi perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi;
  • 2022 yil 1 maydan tuman (shahar) markaziy poliklinikalari, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar bo‘limi;
  • tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari hamda kecha-yu kunduz ishlovchi pediatriya postlari;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qo‘yish bo‘yicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalari.

Respublika va hududiy perinatal markazlar va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022–2023 yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

Chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlash uchun audioskrining tadbirlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va barcha tug‘uruq komplekslarida tatbiq etiladi.  

Bolalar hamda homilador va tug‘ish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish uchun 2022 yil 1 iyuldan “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha 3 600 ta, 2023 yil 1 yanvardan yana qo‘shimcha 4 900 ta o‘rta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratiladi. 

2022 yil 1 maydan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid