Mobiuz’ning joriy yil birinçi çoragidagi faoliyati yakunlari haqida kompaniya matbuot kotibi Sardor Tojiyev sözlab berdi.
Xususan, birinçi çorakda kompaniyaning MoU körsatkiçi (bitta faol abonentga örtaça töğri keladigan daqiqalar soni) 880 daqiqani taşkil etdi. MBoU (bitta faol abonentga örtaça töğri keladigan megabaytlar hajmi) 2021 yilga nisbatan sezilarli ösişni körsatdi va 3,6 ming MBdan oşdi.
Bunga turli omillar, jumladan, marketing faolliklar va ötgan yil davomida 4G LTE tarmoqlaridan foydalanuvçi Mobiuz abonentlari uluşining 12 baravardan köproq oşgani sabab böldi. Özbekistonda aholi yaşaydigan hududlarning Mobiuz törtinçi avlod tarmoği bilan qamrovi bir yil içida 30 foizdan 80 foizga oşdi.

Ötgan yilning ikkinçi yarmidan boşlab Mobiuz Xitoy Xalq Respublikasi bilan umumiy qiymati 150 million dollarlik sarmoyaviy loyihani faol amalga oşirmoqda. Bu loyiha mavjud tayanç stansiyalarni jadal modernizatsiya qiliş va yangilarini işga tuşiriş, tegişli infratuzilmani yaxşilaş, yangi texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan.
Joriy yilning birinçi çoragida kompaniyaning 591 ta tayanç stansiyasi tijoriy maqsadlarda foydalanişga topşirildi. Hozirda kompaniya mutaxassislari 5G tarmoğini tijoriy işga tuşirişga tayyorlanişmoqda. Transport tarmoğini modernizatsiya qiliş, noyob xizmatlarni joriy etiş böyiça billing tizimini yanada takomillaştiriş işlari olib borilmoqda.

Joriy yilning birinçi çoragida Mobiuz abonentlar turli mahsulot va xizmatlardan foydalanişi uçun öz mobil ilovasini işga tuşirdi. U asta-sekin takomillaştirilib, yangi funksiya va qulayliklarga ega bölmoqda. Masalan, şu kunlarda mobil ilovaning barça yangi foydalanuvçilari bonus sifatida 500 MB olişlari mumkin.
Birinçi çorakda kompaniya tomonidan bir qator marketing faolliklari amalga oşirildi. “Orzu uçun millionlar” aksiyasi böyiça abonentlar örtasida 980 million söm öyini bölib ötdi, tungi çeksiz internet va tungi internet-töplamlar narxlari pasaytirildi, Mobi 60 tarif rejasi joriy etildi. Çiroyli raqamlarni 100% gaça çegirmalar bilan ulaş aksiyasi yanada qulay böldi. Bundan taşqari, Mobiuz çiroyli raqamlari haqini 2 yilga bölib tölaş imkoniyati paydo böldi.












