Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining toğli hududida Qizil kitobga kiritilgan qönğir ayiq borligi ma’lum böldi. Bu haqda Ekologiya qömitasi xabar qildi.
Tuman ekologiya bölimining ma’lumot berişiça, suratlar "Terakli" MFY hududida mahalliy aholi tomonidan olingan va ularda ona ayiqni 2 ta bolasi bilan köriş mumkin.
Qönğir ayiq Yevropa, Osiyo, Şimoliy Afrika va Amerikaning örmonli ölkalarida tarqalgan. Tanasining uzunligi 2,5 metr, oğirligi ba’zan 750 kilogrammga yetadi.
Özbekistonning toğ örmonlarida oqtirnoqli qönğir ayiq uçraydi. Qönğir ayiq oktyabr — noyabrdan mart — aprelgaça daraxtlar kovagi, toşlarning ostidagi kovaklarda, tabiiy çuqur joylar yoki özi qazigan iniga tuşib qişki uyquga ketadi. Urğoçilari uyada 2—3 ta, ba’zan 1 yoki 4 ta nimjon bola tuğadi.

















