Ukraina tomonining bayonotlari

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy odatdagidek tungi murojaat bilan çiqiş qildi. Zelenskiyga köra, Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda heç narsaga erişa olmaydi.

Foto:  president.gov.ua

«Ikki oy içida ular bizga qarşi 1100 tadan ortiq raketalar işlatişdi. Aviabombalar va artilleriya zarbalarining sanoği yöq. Ular odamlarni qiynaşdi, talaşdi, otişdi. Ular zaminimizni minalaştirişdi. Tinç şahar va qişloqlarni jahannamga aylantirişdi. Ayrim ukrain şaharlari va qişloqlarini yer bilan bitta qilişdi. Lekin heç narsaga erişa olişmadi va erişa olişmaydi ham», — degan Zelenskiy.

Zelenskiyga köra, rus harbiylari vaqtinça bostirib kirgan Xerson, Kaxovka, Melitopol, Dneprorudnoye, Energodar va boşqa şaharlar ularga böyin egmagan. «Odamlar özining noroziligi bilan, ularga munosabati bilan Ukraina albatta ğolib çiqişini körsatib qöyişdi», — degan Zelenskiy.

«Rossiya bizning tuproğimizda yasama «referendum» ötkazmoqçi? Agar bunga urinişsa ham, bu ham Moskvada Ukrainani okkupatsiya qiliş uçun tuzgan barça rejalari kabi şarmandali böladi», — degan Zelenskiy.

Prezidentga köra, ikki oylik jangovar harakatlarda Ukrainaning 9781 himoyaçisi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. 142 kişiga Ukraina qahramoni unvoni berilgan.

«Ukrainaliklar davlatni himoyalaşga ommaviy tayyorligini namoyiş etişdi. Turli yoş, turli ijtimoiy ahvol, turli ma’lumotdagi ukrainaliklarning barçasi birdek davlat himoyasi uçun qad rostladi.

Bu uruş Ukraina uçun çinakam xalq uruşi böldi. Şarqdan ğarbgaça, şimoldan janubgaça Ukraina ğoyasi baribir kuçli, baribir xalqona ekanligini körsatib berdi», — degan Zelenskiy.