Qömita xabariga köra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston 10 ta davlatdan qiymati 38,6 mln AQŞ dollariga teng bölgan 223,8 ming tonna kartoşka import qilgan.
Qayd etilişiça, kartoşka importi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda qariyb 70 ming tonnaga oşgan.
2022 yilning dastlabki 3 oyida Özbekiston kartoşka import qilgan davlatlar orasida Pokiston yetakçilik qilmoqda – 172,2 ming tonna.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:
- Qozoğiston – 20,1 ming tonna;
- Rossiya – 13,3 ming tonna;
- Qirğiziston – 7,5 ming tonna;
- Eron – 5,4 ming tonna;
- Afğoniston – 4 ming tonna;
- Belarus – 631,6 tonna;
- Niderlandiya – 595 tonna.
Bundan oldin Özbekistonga import kartoşka asosan Pokistondan olib kelinayotgani xabar berilgandi.












