2021 yil yakunlariga köra, Özbekistonga ötkazilgan pul mablağlari hajmi 8,1 milliard dollarni taşkil qilgan. Uning 70 foizi yoki 5,6 milliard dollari Rossiyadan ötkazilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga köra ötgan yilda Rossiyadagi özbekistonlik mehnat muhojirlari soni 1 mln 36 ming 305 nafar kişini taşkil qilgan. Şu jihatdan, 2021 yilda har bir mehnat muhojirining oylik ötkazmasi 453 dollarga teng bölgan.

Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari muhojirlar oqimiga ta’sir qiluvçi taşqi omillarni inobatga olgan holda taşqi mehnat muhojirligi imkoniyatlarini baholaş böyiça tahlil ötkazdi. Qayd etilişiça, Rossiyadagi mehnat muhojirlari ötkazadigan pul mablağlariga boğlanib qoliş nafaqat mehnat bozori, balki butun respublikadagi vaziyatni yanada murakkablaştiradi. Şu sababdan ayni çoğda işçi kuçini eksport qiliş uçun yangi imkoniyatlarni körib çiqiş zarur.

Tahlillarga köra, Özbekistondan asosan malaka darajasi yuqori bölmagan, örta-maxsus ta’limga ega işçilar ketmoqda. Ular asosan qişloq xöjaligi, quriliş va qisman xizmat körsatiş (sotuvçilar, bemorga qarovçilar, farroşlar va boşqalar) sohalarida mehnat qiladi.

Özbekiston dunyodagi 27ta mamlakat bilan mehnat bitimlariga ega bölsa-da, Rossiya, Qozoğiston va Turkiya özbekistonlik mehnat muhojirlari yöl olayotgan asosiy mamlakatlar bölib qolmoqda.

Hisob-kitoblarga köra, donor mamlakatlarda YaIMning aholi jon boşiga nisbatan 1 foiz ösişi Özbekistondan mehnat muhojirlari ketişini 0,7 foiz oşiradi. Aviaçiptalar narxi 1 foizga oşişi, mehnat migratsiyasini 1,35 foizga pasaytiradi. Donor mamlakatlarda diplomatik vakolatxonalar borligi mehnat muhojirlari ketişini 16 foizga köpaytiradi. Donor mamlakatlardagi ingliz tilini biliş talabi Özbekistondan mehnat muhojirlari ketişini 55 foizga kamaytiradi.

Tadqiqot davomida Özbekistondan mehnat migratsiyasini rağbatlantirişning eng jozibador yönalişlari aniqlandi. Bular Polşa, Bolgariya, Litva, Çexiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyadir. Singapur, Saudiya Arabistoni va Yaponiya ham alohida qayd etilgan. MDH davlatlari orasida Ozarboyjon va Belarus eng salohiyatli yönalişlar sifatida körsatilgan.

PMTI ekspertlari amalga oşirilgan hisob-kitoblar natijasida çora-tadbirlar va mexanizmlarni tatbiq etiş böyiça quyidagi takliflarni işlab çiqdi:

1. Xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik, xususan işçi kuçini eksport qiliş sohasidagi kelişuvlarni kengaytiriş, mehnat şartnomalarini tuziş va mehnat qilayotgan muhojirlar huquqlarini himoya qiliş maqsadga muvofiq.