Milliy avtosanoat tobora köproq xorijlik ekspertlar diqqat markaziga tuşmoqda. Buning sabablari köp – UzAuto Motors faoliyatidagi islohotlar, xorij avtomobillarini olib kirişda boj tölovlarining qonunçilik darajasida ikki barobar pasaytirilişi, ham alohida ehtiyot qismlar, ham tölaqonli modellar işlab çiqarişning tez sur’atlarda mahalliylaştirilişi kabilardir. Avtosanoatga ta’sir körsatmay qolmagan jahondagi geosiyosiy vaziyatni ham hisobga olmaslikning iloji yöq, xususan, rossiyalik iste’molçiga u nisbatan arzonroq, ammo sifat borasida heç ham ortda qolmaydigan, sinalgan işlab çiqaruvçilarning borligini eslatdi. Bizning maqolamiz – bu rossiyalik ekspertlar – jahondagi yirik avtomobil bozorlaridan birining faol öyinçilariga tegişli eng qiziq fikrlarni umumlaştirişga bölgan öziga xos urinişdir. Demak, söz rossiyalik ekspertlarga:

«Avtomobil jurnalistlari Özbekistonga har doim keng ommaga xos bölmagan tuşuniş bilan yondaşgan. Bizga Daewoo Matiz va Nexia, Chevrolet Cobalt va Orlando kabi avtomobillarni bergan özbek avtosanoati qotib qolgan qaraşlar har doim ham özini oqlamasligini körsatdi, mamlakat va uning odamlariga nisbatan hurmat uyğotdi. Hozir biz Özbekistonni özimiz uçun qaytadan kaşf qildik», — deb yozadi özining FB sahifasida taniqli rossiyalik avtoekspert va "Exo Moskvy" radiostansiyasida "Garaj" eşittirişi boşlovçisi Sergey Aslanyan.
Özbekistonni xotirlar ekan, jurnalist uşbu mamlakat «faqat noni va mehmondöstligi bilangina maşhur emasligini» yozadi.
«Bu mamlakatda uni dunyoga, jumladan, xalqaro avtobozorga tanitişi mumkin bölgan narsalar köp»,- deydi işonç bilan Aslanyan.
UzAutöning yana bir katta yutuği — bu raqobatga nisbatan ijobiy munosabat va çetdan avtomobil olib kiriş bojlarining pasaytirilişi buni isbotlaydi – deydi uzoq vaqt mobaynida AVTOVAZ tarixini örganiş bilan şuğullangan tolyattilik taniqli avtoekspert Fyodor Bystrov.

«Hozir avtosanoatda “monopoliya öynaş” juda qiyin, boisi, iste’molçi har doim tanlaş imkoniyatiga ega. Ammo, şu bilan birga, keling, özimizga savol berib köraylik: öşa biz bilgan 90-yillar örtalarida investorlarga ma’lum imtiyozlar berilmaganda, kim ham Özbekistonda eng zamonaviy raqobatbardoş işlab çiqarişni yaratişga hissa qöşardi? Darvoqe, dastlabki investorni bu ham xonavayron bölişdan saqlab qolmadi. Keyin öylab topilgan yeçim - GM bilan strategik alyans tuziş va davlat tomonidan aksiyalarning sotib olinişini kelajakda biznes-maktablar talabalariga real sektor korxonasining davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişiga eng yorqin misollardan biri sifatida sözlab beriş mumkin».













