“Respublikada göşt, jun va sut yönalişidagi mayda şoxli mollarni köpaytiriş va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qorakölçilik tarmoğini rivojlantiriş böyiça kredit berişning quyidagi tartibi belgilandi:
- kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qöşiş orqali hisoblanadigan stavka böyiça ajratiladi;
kreditlar quyidagi şartlarda beriladi:
- tadbirkorlarga xorijdan göşt, jun va sut yönalişidagi qöy va eçkilar xarid qiliş uçun – 5 yil muddatgaça, şu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
- tadbirkorlarga ularning ozuqa sexlari (granulyator)ni, göşt, jun va sut mahsulotlarini qayta işlaşni taşkil etiş böyiça loyihalarini moliyalaştiriş uçun – 10 yil muddatgaça, şu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
- xöjalik yurituvçi sub’yektlarga yaylovlarda çorva mollarining suvga bölgan ehtiyojini qondiriş uçun suv çiqariş (quduqlar burğilaş yoki mukammal ta’mirlaş) va suv inşootiga resurs tejamkor uskunalar örnatiş uçun – 5 yil muddatgaça, şu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.
Ipak qurti uruği, tut köçatlari va pilla yetiştiriş, pillani qayta işlaş va tayyor mahsulotlar işlab çiqariş hamda qorakölçilik bilan şuğullanayotgan sub’yektlar, qorakölçilik mahsulotlarini qayta işlaş korxonalari va qorakölçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçilar uçun közda tutilgan soliq va bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.











