Reytingga köra, 2 mln unsiya oltin qazib olingan “Muruntov” koni birinçi örindan joy olgan. Mutaxassislarning baholaşlariça, kondagi oltin zaxiralari 150 mln unsiyadan oşadi. Konning uzunligi 3,3 km, eni 2,5 km va çuqurligi qariyb 600 metrni taşkil etadi.
“Muruntov” koni 2020 yilda ham reytingda peşqadamlik qilgandi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, “Muruntov” yaqin kelajakda dunyoning eng yirik oltin koni maqomini saqlab qoladi.
Reytingda keyingi örinlarda AQŞdagi “Karlin”, Indoneziyadagi “Grasberg” va Rossiyadagi “Olimpiada” konlari joylaşgan.
«Çuqur qatlamlargaça hali yetib bormadik» — geolog Özbekistondagi oltin konlari haqida

















