Toşkentdagi Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedşayev Kun.uz'ga bergan navbatdagi intervyusida oltinning ma'dan sifatida kondagi holati, oltin oliş tarixi, şuningdek, soçma oltin konlari haqida sözlab berdi. 

— Oltin mavzusi köpçilikni qiziqtiradi. Konlarda qanday körinişda uçraydi, qanday qilib olinadi, kabi savollarni qiziqib söraşadi. Allohga şukrki, Özbekiston hududi oltinga boy. Oltin konlarini oçiş uçun katta mehnat sarflangan va bu oson bölgan emas.

Geologiya muzeyida mamlakatimiz hududidagi oltin konlaridan keltirilgan namunalar joy olgan. Ular içida 20-asr durdonasi deya ta'riflanadigan, dunyodagi eng katta konlardan biri deb tan olingan Muruntov konidan tortib, Angrendagi «Köçbuloq», Qizilqumdagi «Daugistau», «Kökpatas» kabi yirik va örta konlargaça bor.

Oltin qanday körinişlarda uçraydi?

— Geologiyadan bexabar odam öylaydiki, oltin toşlar yer içida yalt-yult qilib tovlanib yotadi. Ma'danlar ba'zi kişilar öylaganidek doim ham sof, tuğma holda bölmaydi. Jumladan, oltin ham. Qaçonki ma'dan yemirilib, suvlarda yuvilib ketgandan keyingina yorqin holiga keladi.

Butun dunyo böyiça oltin konlarida bir tonna ma'dandan örtaça 3 gr oltin borligi tasdiqlansa, bu joy kon deb hisoblanadi. Çunki keladigan daromad kondan oltinni qazib oliş xarajatlarini qoplaşi kerak.

Özbekistondagi konlarning aksariyati oçiq holatda, ya'ni karer usulda qazib olinadi. Rossiya yoki boşqa şu kabi davlatlarda konlarda yer ostiga şaxta yoki boşqaça usullarda qazib olinadi, bu köproq xarajatni talab etadi.

Qadimiy oltin qazib oliş usullari

— 1987 yili Angrendagi «Köçbuloq» konidan etalon kolleksiyasini yiğilayotgan vaqtda 200 metr çuqurlikdan arça bölaklari topildi. Bu şundan dalolat beradiki, ajdodlarimiz şunçalik çuqurga kirib, toğ bosib qolmasligi uçun arçalardan foydalangan. Biz muzey uçun öşa yerdan ham namunalar olib kelib ekponatlarimizni boyitgandik.