9 may arafasida uruş qatnaşçilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bölgan fuqarolarga 15 million sömdan beriladi. Bu haqda prezidentning 1 maydagi farmonida közda tutilgan.

Ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida mutasaddilarga:

  • yolğiz yaşayotgan va özgalar parvarişiga muhtoj odamlardan şaxsan xabar olib, ularga sovğa-salomlarni yetkaziş;
  • uruş qatnaşçilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bölgan fuqarolarning har birining xonadoniga şaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovğalarni  tantanali ravişda topşiriş;
  • 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan şaxsan uçraşib, holidan xabar oliş va sovğa-salomlar yetkaziş topşirildi.

1 iyundan boşlab uruş qatnaşçilari va nogironligi bölgan şaxslar, yolğiz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiyena vositalari xaridi uçun ularning pensiya va nafaqalariga 270 ming söm miqdorida ustama tayinlanadi. 

Bundan taşqari, ularga kiyim-keçak xaridi uçun har yili 4 million sömdan kompensatsiya tölaş tartibini joriy etiladi.

Bunga qöşimça ravişda, viloyat, tuman va şahar hokimlariga mahalliy budjetlar, «daftarlar» jamğarmalari va «Saxovat va kömak» jamğarmasi mablağlari hisobidan bu savobli işlarning qamrovini kengaytiriş topşirildi.

  • Ma’lumot uçun, 2017 yilda uruş qatnaşçilari va mehnatga layoqatsiz faxriylar uçun tölanadigan haq miqdori 2 mln söm, 2018 yilda 5 mln söm, 2019 yilda 7,5 mln söm, 2020 yilda 10 mln söm, 2021 yilda 12 mln sömni taşkil etgan.