«Qirollik klubi» öz tarixida 35-bor La Liga çempioniga aylandi. Eng yaqin ta’qibçi «Barselona» sanaladi — 26.

Madridliklar ustozi Karlo Ançelotti tarixiy natijani qayd etdi. Italiyalik mutaxassis top-5 liganing barçasida ğolib bölgan ilk murabbiyga aylandi. U bungaça Italiyada «Milan», Angliyada «Çelsi», Fransiyada «PSJ», Germaniyada «Bavariya» bilan çempion bölgan.

Şuningdek, tur doirasida «Vilyarreal» (52, 7-örin) autsayder «Alaves»ga (28, 19-poğona) yutqazib qöydi.

La Liga. 34-tur. 30 aprel
Real — Espanol 4:0
Gollar: Rodrigo (33, 43), Asensio (55), Benzema (81). 
Real — Kurtua, Vaskes, Kazemiro (Isko, 60), Valexo, Marselo, Kamavinga (Gila, 75), Modriç (Kroos, 60), Sebalos, Rodrigo (Vinisius, 75), Asensio, Mariano (Benzema, 60).
Espanol — Lopes, Vidal, Kalero, Kabrera, Melendo, Errera (Merida, 76), Darder, Vilena (Morlanes, 65), Puado, de Tomas (Vu Ley, 65).
Ogohlantirişlar: Mariano (42), Kazemiro (46).

Alaves — Vilyarreal 2:1
Gollar: Laguardiya (4), Eskalante (31) — Çukvueze (47).