Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda odamlarni pul evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan talaba qo‘lga tushdi
Sirdaryoda fuqarolarni 3500 dollar evaziga Guliston davlat universitetiga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan talaba ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlangani haqida xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Guliston davlat universiteti talabasi D.R. fuqaro D.B.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 500 AQSh dollari evaziga ushbu universitetga o‘qishga kiritish qo‘yishni va’da qilib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departament hamda DXXning Guliston tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.S. boshqa bir fuqaro S.E.ni Guliston davlat universitetdagi tanishlari orqali ushbu universitetning Jismoniy tarbiya fakultetining 2-bosqichidan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:56 / 24.03.2026
O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
08:53 / 18.03.2026
Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan gazchilar ushlandi
20:17 / 17.03.2026
Qashqadaryoda qidiruvdagi yigit ayol qiyofasida yashirinib yurganida qo‘lga tushdi
17:55 / 11.12.2024