AQŞ va Armaniston tinç atom energetikasi sohasida hamkorlik qiliş böyiça kelişuv imzoladi, deb xabar berdi “Onadölu” agentligi.

Xabarda aytilişiça, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Vaşingtonda Armaniston taşqi işlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan uçraşdi. 

Blinken uçraşuvda Armaniston bilan energetika xavfsizligi sohasida hamkorlikni rivojlantiriş taşabbusi bilan çiqdi. 

Uçraşuv yakunida tomonlar tinç atom energetikasi sohasida hamkorlik qiliş böyiça kelişuv imzoladi.

Qayd etilişiça, Blinken va Mirzoyan şuningdek, Armanistonda demokratiya va tartib örnatiş hamda uning qöşni mamlakatlar bilan munosabatlari mavzusini muhokama qildi.