Belarusda tezkor javob qaytariş kuçlari salohiyatini kutilmaganda tekşiruvdan ötkaziş boşlandi.
Tekşiruv davomida harbiy qism va bölinmalar jangovar şaylik holatiga ötiş, belgilangan hududlarga joylaşiş va öquv-jangovar vazifalarni bajariş kabi maşğulotlarni ötkazadi.
Harbiy qism va bölinmalar notaniş hududlarda tez özgaradigan şaroitlarda harakat qiladi, deyiladi Belarus mudofaa vazirligi xabarida.
Qayd etilişiça, tekşiruv ötkazişdan maqsad, şaxsiy tarkibning inqirozli vaziyatlarga tayyorligi va salohiyatini baholaşdan iborat.
Tekşiruvga jalb etiladigan kuçlar tarkibi bosqiçma-bosqiç oşirilişi aytilmoqda.
Ta’kidlanişiça, «uşbu tadbirlar Yevropa hamjamiyati uçun ham, qöşni davlatlar uçun ham heç qanday xavf tuğdirmaydi».












