Murojaat muallifi Özbekistonda issiq mavsum yilda 7 oy davom etişi, ayniqsa yozda harorat yuqori bölişini qayd etgan.

Amaldagi tartibga köra, Özbekiston fuqarosi bölgan jismoniy şaxslar uçun avtomobil oynalarini qoraytirişga ruxsat oliş tölovi quyidagiça:

  • orqa yon oynalar – yiliga 4,5 BHM (1 mln 215 ming söm);
  • barça yon oynalar – yiliga 45 BHM (12 mln 150 ming söm).

Murojaat muallifi tölovlar miqdorini quyidagiça belgilaşni taklif etgan:

  • orqa yon oynalar – 0,5 BHM (145 ming söm);
  • barça yon oynalar – 2 BHM (540 ming söm).

Muallif, şuningdek, ruxsatnomani 3, 6, 9 va 12 oyga oliş imkoniyati yaratilişini ham söragan. Uning hisoblaşiça, tölovni ruxsatnomaning amal qiliş muddati davomida tölaş mumkin bölişi kerak.

Amaldagi qoidalarga köra, murojaat matni yuborilgaç, portal moderatori (Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti) murojaatni kamida 5 nafar şaxs qöllab-quvvatlaşi uçun murojaat taşabbuskoriga maxsus havolani jönatadi. Yuqoridagi holatda taşabbuskor zarur 5ta ovozni 3 may kuni töplagan. Endilikda murojaat 15 kun içida moderator tomonidan ekspertizadan ötkazilişi lozim.

Işçi komissiya moderatorning ekspertizasidan keyin murojaatni Mening fikrim veb-portaliga joylaştiriş töğrisida yoki joylaştirişni rad etiş haqida qaror qabul qiladi. Moderatorning ijobiy xulosasi olinmagunga qadar murojaatga ovoz berib bölmaydi.

Ovozga qöyilgan murojaatlar 10 mingtadan ortiq ovoz töplagan taqdirda, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan körib çiqiladi.

Ötgan oyda YHXX boşliği örinbosari Erali Bozorov Kun.uz savoliga javoban “tonirovka” masalasida yengillik berilişi kutilmayotganini ma’lum qilgandi.